Alibobo va qirq qaroqchi

3 500 сум
Burun zamonda o`tgan xalqlarning rivoyatlariga ko`ra Eron Xurosonidagi shaharlardan birida ikki birodar o`tgan. Bulardan birining oti Qosim, birining oti Ali bobo edi. Bularga otalaridan ozgina meros va arzimas mulk-amlok qoldi, ikkovi merosni shar’an, adolat bilan, munoqashasiz taqsim qildi.

Shundan so`ng Qosim yer, bog`-rog`, nafis mollar va beqisob qimmatbaho narsalarga to`la do`kon sohibi bo`lgan bir ayolga uylandi, oldi-sotdi bilan mashg`ul bo`lib davlati ortdi, omadi kelib savdogarlar orasida shuxrat, mo`tabar va g`aniy odamlar ko`zida e’tibor qozondi.

Ali bobo esa biron dirhami, biron dinori, uy-joy va mulki bo`lmagan faqir bir ayolga uylandi, otasidan qolgan merosni qisqa bir muddat ichida sarf qilib bo`ldi, shundan keyin muqtojlik va qashshoqlik mashaqqatini tortdi, tirikchilik qilgani chora topolmay garang bo`lib qoldi. Ali bobo farosatli, ziyrak va donishmand odam edi.